» » Financial Times: Bashar Asadning qarindoshlari “Moskva-Siti”dan 19 ta ko‘chmas mulk xarid qilgan

Financial Times: Bashar Asadning qarindoshlari “Moskva-Siti”dan 19 ta ko‘chmas mulk xarid qilgan


Suriya prezidenti Bashar Asadning olti nafar qarindoshi 2013—2019-yillar oralig‘ida Rossiya poytaxti Moskva shahrida kamida 20 ta ko‘chmas mulk obyektini, jumladan “Moskva-Siti” ishbilarmonlar markazidagi osmono‘par turar joylardan kvartiralar xarid qilgan. Bu haqda Financial Times gazetasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Global Witness nodavlat tashkiloti hujjatlari asosida ma’lumot bergan.

18 ta shohona kvartira va ofis xonalari “Poytaxtlar shahri” kompleksida joylashgan. Ularning maydoni 102 dan 233 kvadrat metrgacha. Bashar Asadning qarindoshlari “Federatsiya” minorasidan 1243 kvadrat metr kenglikka ega kvartiralarni sotib olgan. Shuningdek, ‘Moskva-Siti’ yaqinida oilaning 3 xonali kvartirasi bor. Asadlar oilasining Rossiyadagi ko‘chmas mulkining umumiy qiymati 40 million AQSh dollariga baholanmoqda. Ular to‘rtta obyektdan turar joy sifatida foydalanadi, bittasi ijaraga beriladi, qolgan qismidan esa tijorat maqsadida foydalaniladi.

Ko‘chmas mulkka Bashar Asadning xalqaro sanksiyalar qo‘llanilgan jiyanlari va ularning qarindoshlari egalik qiladi. Suriya prezidentining jiyani Hafiz Mahluf Moskvadagi eng puldor qarindoshlardan biri va 22,3 million dollarlik 13 ta obyektning, ularga aloqador Rossiya kompaniyalarining egasi hisoblanadi. Ushbu ulkan xaridlar uchun murakkab kredit sxemalaridan foydalanilgan, deya qayd etgan Global Witness surishtiruvini o‘tkazgan mualliflar. Maqolada Hafiz Maxlufning kompaniyalaridan biri Sberbank xizmatlaridan foydalangani qayd etilgan, lekin bank ushbu ma’lumotga izoh bermadi.

Mavzuga doir: 

Rossiyaning Saudiya Arabistonidagi sobiq elchisi Andrey Baklanov Financial Times’ga bergan intervyusida Bashar Asad qarindoshlarining Moskvadan ko‘chmas mulk xarid qilishiga G‘arbning ularga nisbatan keskin moliyaviy sanksiyalar qo‘llagani sabab bo‘lganini ta’kidladi.

“Suriya zodagonlarining o‘zlarini xotirjam his qiladigan va pullarini bexavotir investitsiya sifatida kiritishi mumkin bo‘lgan shahardan ko‘chmas mulk sotib olishini tabiiy holat deb baholash mumkin”, — deydi sobiq elchi.

Mavzuga doir: Fransiyada Bashar Asadning amakisi sud qilinadi

Moskvadagi ko‘chmas mulkning xaridorlari Suriyadagi eng obro‘li ikkita oilaning bittasi bo‘lgan Maxluf urug‘idir. 2011-yilgacha ushbu guruh Suriya iqtisodiyotining 60 foizini nazorat qilgan. Bashar Asadning jiyani Rami Maxluf (‘Moskva-Siti’dan rafiqasi nomiga kvartira olgan) Suriyadagi eng boy biznesmen va ‘prezidentning oilaviy bankiri’ hisoblanadi. So‘nggi yillarda Asad oilasi va Maxluflar o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi kuzatilgani haqida ma’lumotlar tarqalgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 44) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют