» » Janubiy Koreya Eksimbanki O‘zbekistonning chekka hududlaridagi 150 dan ortiq tibbiy muassasa modernizatsiyasida qatnashadi

Janubiy Koreya Eksimbanki O‘zbekistonning chekka hududlaridagi 150 dan ortiq tibbiy muassasa modernizatsiyasida qatnashadi


Janubiy Koreya Eksimbanki O‘zbekistonning chekka tuman va qishloqlarida joylashgan 150 dan ortiq tibbiy muassasani zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash bo‘yicha loyihani qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.

2019-yilning 8-noyabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Koreya Eksimbanki moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha direktori Chang Yun Su boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qiziqishi yuqori ekanligi, xususan, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha bir qator hududlardagi tibbiyot muassasalarini umumiy qiymati 74 million dollarga teng tibbiy uskunalar bilan jihozlash loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Protokol imzolandi.

Loyihaning asosiy maqsadi respublika sog‘liqni saqlash tizimining xizmat sifatini oshirish maqsadida, viloyatlarda, asosan chekka va qishloq joylardagi 150 dan ortiq tibbiyot muassasalarini zamonaviy yuqori texnologik uskunalar, yordamchi tibbiy materiallar va vositalar bilan ta’minlash orqali modernizatsiya qilishdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 03:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют