» » Toshkent viloyatida 1254 dona pirotexnika vositasini noqonuniy olib kirayotgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida 1254 dona pirotexnika vositasini noqonuniy olib kirayotgan shaxs qo‘lga olindi


Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan “S.Najimov” chegara bojxona postida mamlakatga 1254 dona pirotexnika vositasini noqonuniy olib kirishning oldi olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Boshqarma xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan ushbu postga piyoda kirib kelgan fuqaro P.V. og‘zaki savol-javobdan o‘tkazilganidan so‘ng, uning qo‘l yuklari xolislar ishtirokida belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs qo‘l yuklari ichida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, 57 o‘ramda jami 1254 dona pirotexnika mahsulotini yashirib olib kirishga uringani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют