» » Polsha rossiyalik dispetcherlarni Lex Kachinskiy samolyotining falokatida aybladi

Polsha rossiyalik dispetcherlarni Lex Kachinskiy samolyotining falokatida aybladi


Polsha bosh prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Lex Kachinskiyning Tu-154 samolyotini Smolensk shahridagi falokatini qasddan uyushtirganlikda gumon qilinayotgan rossiyalik dispetcherlar hamda “uchinchi shaxs”ga nisbatan ayblov e’lon qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Yuqoridagi ayblov bilan bugun, 3-aprel kuni Polsha bosh prokurori o‘rinbosari Marek Poshchenek Varshavadagi matbuot-anjumanida chiqish qildi.

“Tergov davomida prokurorlar aviadispetcherlar hamda parvozlarni boshqarish minorasidan turib ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan falokatni qasddan uyushtirgan uchinchi shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilishi uchun yetarlicha dalillar qo‘lga kiritildi”, — deydi Polsha prokuraturasi vakili.

Shuningdek, Polsha Rossiyaga aviadispetcherlarni so‘roq qilishda huquqiy yordam ko‘rsatishni ta’minlashi bo‘yicha so‘rov yuborish niyatida, deb qo‘shimcha qildi Poshchenek.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Polshaning aybloviga qo‘shilmasligini ma’lum qildi.

Bortida Polsha prezidenti Lex Kachinskiy va mamlakat rahbariyati vakillari bo‘lgan Tu-154 samolyoti 2010-yil 10-aprelda Rossiyaning Smolensk aerodromiga qo‘nish chog‘ida qulagan. Sakkiz nafar ekipaj a’zosi va 88 yo‘lovchining barchasi halok bo‘lgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют