» » Toshkentda bir kunda 1642 ta yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari aniqlandi

Toshkentda bir kunda 1642 ta yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari aniqlandi


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

10-noyabr kuni kun davomida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YPX inspektorlari 1642 ta yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlarini aniqladi. Ularning 142 tasi qo‘pol qoidabuzarliklar sirasiga kiradi. Xususan, 28 nafar haydovchi taqiq signaliga e’tibor bermagan, 7 kishi mast holatda avtomobilga o‘tirgan, 26 haydovchi tegishli hujjatsiz mashinani boshqargan.

145 nafar haydovchi piyodalar o‘tish joyida piyodalarga yo‘l bermagan.

Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xodimlari tomonidan piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzilishini aniqlash va oldini olishga qaratilgan tadbirlar muntazam olib borilmoqda. Huddi shu kuni 98 nafar piyodalarga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik holatlari to‘g‘risida bayonnomalar tuzilgan.

Statsionar va ko‘chma avtomatlashtirilgan radarlar 853 haydovchining belgilangan tezlikdan oshganligini qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют