» » Peterburgdagi terakt Shavkat Mirziyoyevning Rossiya safariga ta’sir ko‘rsatmaydi

Peterburgdagi terakt Shavkat Mirziyoyevning Rossiya safariga ta’sir ko‘rsatmaydi


Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan teraktga qaramay, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga 4—5-aprelga belgilangan davlat tashrifi amalga oshiriladi.

Bu haqda, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixona vakiliga asoslanib, “RIA Novosti” agentligi xabar bermoqda.

“O‘ylashimcha, tashrif amalga oshadi”, — degan O‘zbekiston elchixonasi vakili “RIA Novosti”ning tegishli savoliga javob berarkan.

Eslatib o‘tamiz, 3-aprel, dushanba kuni Sankt-Peterburg metrosida portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 10 kishi halok bo‘lgan, 40 dan ortiq odam tan jarohati olgan.

Mavzuga doir: Peterburg metrosidagi terakt qurbonlari soni 10 kishiga yetdi

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘lishi haqida xabar berilgan edi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev 4—5-aprel kunlari Rossiyaga safar qiladi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют