» » Tehron—Toshkent aviareyslari yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi

Tehron—Toshkent aviareyslari yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi


Eronning Zagros Airlines kompaniyasi O‘zbekistonning aviatashuvlar bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya Tehron—Toshkent—Tehron yo‘nalishida qatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabar berdi.

Zagros Airlines kompaniyasining arizasi Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi hukumatlararo kelishuv va O‘zbekiston Transport vazirligining topshirig‘iga binoan Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan 2019-yilning 11-noyabrida ko‘rib chiqilgan.

Agentlik aviareyslarning qachon va qanday chastotada yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lumot bermagan.

Zagros Airlines kompaniyasining shtab-kvartirasi Tehron shahrida joylashgan bo‘lib, Obodon va Mehrobod xalqaro aeroportlaridan foydalanadi. Kompaniyaga 2005-yilda asos solingan bo‘lib, hozirgi kunda uning aviafloti 18 ta samolyotdan iborat.

Kompaniya Airbus A319-100, Airbus A320-200, Airbus A321-200, McDonnell Douglas MD-82 va McDonnell Douglas MD-83 samolyotlarida Eron, Armaniston, Ozarbayjon, Iroq, Turkiya va BAAga parvozlarni amalga oshiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют