» » Toshkent markazidagi birorta ham uy avariya holatida emasligi ma’lum qilindi

Toshkent markazidagi birorta ham uy avariya holatida emasligi ma’lum qilindi


O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi vakili Alipasha Ahmedovning ma’lum qilishicha, Toshkent shahrining markazida avariya alomatlari mavjud bo‘lgan uylar aniqlanmagan va shu sababli shahar markazidagi birorta ham uyda batafsil o‘rganish ishlari ko‘zda tutilmagan. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

12-noyabr kuni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan “OAV, shuningdek, internet tarmog‘ida Respublika bo‘yicha inventarizatsiyadan o‘tkazilgan ko‘p qavatli uylarning seysmik holatini aniqlash, avariya holatidagi ko‘p qavatli uylarni kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, “snos” masalalariga oid tanqidiy materiallarga munosabat” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilgan.

Tadbirda ma’lum qilinishicha, uy-joylarni buzish to‘g‘risida xulosalar faqat instrumental tekshiruvdan so‘ng qabul qilinishi kerak, shuning uchun mintaqaviy loyihalash tashkilotlari tomonidan respublikadagi 57 ta uyni buzish zarurligi haqidagi ma’lumotlar hozircha asossiz hisoblanadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 455 ta ko‘p qavatli bino avariya holatida ekanligi ma’lum bo‘ldi

Andijon, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida uylarning yaroqliligiga doir o‘rganish ishlari yakuniga yetkazilgan. Ushbu viloyatlarda instrumental (batafsil) o‘rganishlar natijalari bo‘yicha berilgan texnik xulosalarga asosan, o‘rganishlar o‘tkazilgan jami 87 ta uydan 68 tasi kapital ta’mirlashga muhtoj, 4 tasi rekonstruksiya qilinishi va 15 ta ko‘p kvartirali uy bo‘yicha (Andijon — 3 ta, Sirdaryo — 8 ta va Samarqand — 4 ta) esa kapital ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish maqsadga muvofiq emas deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют