» » Peshku tumanidagi 36-umumta’lim maktabi jamoasi muassasa haqida “Daryo”da chiqqan maqolaga raddiya berdi

Peshku tumanidagi 36-umumta’lim maktabi jamoasi muassasa haqida “Daryo”da chiqqan maqolaga raddiya berdi


“Daryo” tomonidan Buxoro viloyati Peshku tumanidagi jamoasining 70 foizi qarindoshlardan iborat va direktorlik otadan o‘g‘ilga o‘tgan 36-umumta’lim maktabi o‘qituvchilarining noroziligi haqida maqola e’lon qilingan edi.

Mazkur maktabning kasaba uyushmasi “Daryo”da e’lon qilingan maqolaga raddiya berdi.

Mavzuga doir: Buxorodagi jamoasining 70 foizi qarindoshlardan iborat va direktorlik otadan o‘g‘ilga o‘tgan maktab o‘qituvchilari nimadan norozi?

Raddiyada qayd etilishicha, Peshku tumanida joriy yilda ikkita umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Kelgusida maktablarni ta’mirlash va zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlash manzilli dasturi ishlab chiqilgan.

Ta’kidlanishicha, Peshku tumanidagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1993-yilda qurilib, ishga tushirilgan va ikkita zamonaviy binoda joylashgan. Maktab binosi 180 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, to‘ldirish koeffitsiyenti 2,3 ni tashkil etadi.

Raddiyada ma’lum qilinishicha, bugungi kunda maktabda 411 nafar o‘quvchi to‘liq ikki smenada o‘qib kelmoqda. O‘z navbatida maktab binosi har yili joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, umuman kapital ta’mirlash ishlari bajarilmagan. Shuningdek, 2018—2019-o‘quv yili Peshku tumani 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ta’lim muassasalari reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha tumandagi 45 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi ichidan 3-o‘rin bilan baholangan. Shuningdek, maktab 1996-yildan buyon tuman reytingida yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Mazkur holat inobatga olinganligi sababli 2020-yilda qayta rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda.

Raddiyaga ko‘ra, “Daryo”da 2019-yil 21-oktabrda e’lon qilingan ushbu jurnalistik surushtiruvda holat bir tomonlama yondashuv asosida o‘rganib chiqilgan.

Unga ko‘ra, Peshku tumanidagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabining texnik holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yetarlicha o‘rganib chiqilmagan. Shuningdek, maktab direktori lavozimiga nomzodni tanlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirokida suhbat o‘tkazilib, ijobiy xulosalar asosida tayinlanganligiga e’tibor qaratilmagan.

Raddiyada ta’kidlanishicha, surishtiruvda maktab direktorligi otadan o‘g‘liga o‘tganligiga urg‘u berilgan, shuningdek, maktab oshxonasidagi partalarda sinf xonalari yetishmasligi sababli vaqtincha to‘garak mashg‘ulotlari olib borilayotganligi, maktabda ta’lim samaradorligi va pedagog kadrlarning saviyasiga baho berishda uch yoki to‘rt nafar pedagog xodimlarning tushuntirishlari asosida xulosa chiqarilganligi, maktab o‘quvchilari va pedagog xodimlari tomonidan erishilgan natijalar to‘la-to‘kis bayon qilinmaganligi aks etgan.

Bundan tashqari, ta’lim sohasida qarindoshlarning birga faoliyat yuritilishi bilan bog‘liq holat bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emasligi, maktab direktoriga yaqin qarindoshlarini belgilovchi hech qanday huquqiy asosga ega bo‘lmasdan turib, jurnalist tomonidan fuqarolarning og‘zaki ko‘rsatmalariga tayangan holda jiddiy tus berilgan, deyiladi raddiyada.

Maktab jamoasining munosabatida ma’lum qilinishicha, maktabda direktorining uch nafar yaqin qarindoshi, ya’ni akasi, turmush o‘rtog‘i va singlisi faoliyat olib bormoqda. Maktab direktori tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar uchun tegishli chora qo‘llanilgan bo‘lib, kelgusida ushbu kamchiliklar qayta takrorlanmasligi uchun zaruriy choralar ko‘rilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют