» » Namangan viloyatida olis qishloq joylariga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi

Namangan viloyatida olis qishloq joylariga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi


Namanganning olis hududida joylashgan qishloqlarga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Namangan viloyati bo‘ylab tashkil etilayotgan sayyor qabullar doirasida, Yangiqo‘rg‘on tumani “Oqtom” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi ochiq muloqot tarzidagi aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tashrif davomida chegara hududida joylashgan mazkur MFYdagi 485 ta aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatilgan.

Qayd etilishicha, olis hududda joylashgan bu qishloq joylariga suyultirilgan gaz ballonlari yangi xizmat ko‘rsatish avtotransport vositasida yetkazib berilgan.

Agar avvalari bunday olis hududlarga bitta reys orqali bor-yo‘g‘i 106 dona gaz ballonlarini yetkazib berish imkoniyati bo‘lgan bo‘lsa, endi bu ko‘rsatkich uch barobarga ko‘payib, 320 donani tashkil etadi.

Bu ishlar “Har bir xonadonga issiqlik va g‘amxo‘rlik ila” loyihasi doirasida amalga oshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2019, 04:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют