» » IIV Human xususiy bandlik agentligi rahbarining ozodlikda ekanligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

IIV Human xususiy bandlik agentligi rahbarining ozodlikda ekanligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi


Ijtimoiy tarmoqlarda “Human xususiy bandlik agentligi” MChJ rahbari Shohnur Fayzullayevga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ehtiyot chorasi qo‘llanilganligi va uning ozodlikda ekanligi haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarda jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilmaganligi iddao qilinib, jabrlangan fuqarolarni hukumat idoralari oldida chiqishlar qilishga undalgan. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, bu kabi da’volar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Xabar berilishicha, Tergov departamenti ish yurituvida “Human xususiy bandlik agentligi” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib bormoqda.

Dastlabki tergov davomida Shohnur Fayzullayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilingan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, hozirda u IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga qarashli 1-sonli tergov hibsxonasida saqlanmoqda.

Jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplanishini ta’minlash maqsadida, Shohnur Fayzullayev firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pul mablag‘lari hisobidan xarid qilingan mol-mulklarni, shuningdek o‘zlashtirib yuborilgan va sarflangan pul mablag‘larni aniqlab, ularni xatlash choralari ko‘rilmoqda.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda, tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi departament xabarida.

Tergov departamenti fuqarolardan norasmiy ma’lumotlarga ishongan holda biror-bir huquqbuzarlik sodir etishdan o‘zlarini tiyishni hamda IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha berib boriladigan rasmiy ma’lumotlarga asoslanishni so‘ragan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2019, 04:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют