» » Moldovada parlament mamlakat hukumatini iste’foga chiqardi

Moldovada parlament mamlakat hukumatini iste’foga chiqardi


Moldova hukumati va bosh vazir Mayi Sandu iste’foga chiqarildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Avval Moldova sotsialistlar partiyasi parlamentda Sandu hukumatiga ishonchsizlik votumi e’lon qilishni taklif etgandi. Vazirlar mahkamasi iste’fosi uchun 101 ovoz imkoniyatidan 51 ta ovoz olish yetarli deb hisoblanardi. Iste’fo uchun Sotsialistlar partiyasi hamda Demokratik partiyaning 63 nafar deputati ovoz berdi. “Shor” partiyasi va ACUM blokining ikki fraksiyasi ovoz berish jarayonida ishtirok etishdan bosh tortgan.

“Hukumatga ishonchsizlik votumini e’lon qilish 63 ovoz bilan tasdiqlandi”, — deydi parlament spikeri Zinaida Grechaniy.

8-noyabrda Moldova respublikasi sotsialistlar partiyasi parlamentda Mayi Sandu hukumatiga ishonchsizlik votumi e’lon qilish tashabbusini ro‘yxatdan o‘tkazgandi.

Mavzuga doir: 

Moldovada Mayi Sandu joriy yilning 8-iyunida o‘nglar muxolifati yetakchisi sifatida parlamentda 101 ovozli imkoniyatdan 61 ovoz yig‘ib bosh vazir lavozimiga tasdiqlangandi. Uning dasturida mamlakatni zodagonlar boshqaruvidan ozod qilish, iqtisodiyotni qayta tiklash va Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlik qilish, korrupsiya hamda qashshoqlikka qarshi kurashish ko‘zda tutilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют