» » Modrich Ronaldu va Messini ortda qoldirgan holda Golden Foot sovrinini qo‘lga kiritdi

Modrich Ronaldu va Messini ortda qoldirgan holda Golden Foot sovrinini qo‘lga kiritdi


“Real” klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Golden Foot sovriniga munosib ko‘rildi.

Ushbu sovrin futbolga qo‘shgan hissasi uchun 29 yoshdan katta bo‘lgan futbolchilarga taqdim etiladi.

Xorvatiyalik futbolchi mazkur sovrin uchun kurashda Lionel Messi (“Barselona”), Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”), Tiago Silva (PSJ), Serxio Ramos (“Real”), Ueyn Runi (“Di Si Yunayted”), Serxio Aguero (“Manchester Siti”), Robert Levandovski (“Bavariya”), Jorjio Kyellini (“Yuventus”) va Jerar Pike (“Barselona”) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Avvalroq ushbu sovringa quyidagi futbolchilar loyiq ko‘rilgan: Roberto Badjo, Pavel Nedved, Andrey Shevchenko, Ronaldo, Alessandro Del Pyero, Roberto Karlos, Ronaldinyo, Franchesko Totti, Rayan Giggz, Zlatan Ibrahimovich, Didye Drogba, Andres Inyesta, Samuel Eto’O, Janluiji Buffon, Iker Kasilyas va Edinson Kavani.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют