» » DXX Chegara qo‘shinlari Farg‘onada fuqarolar nima uchun niqobli harbiy xizmatchilar tomonidan kaltaklanganiga oydinlik kiritdi

DXX Chegara qo‘shinlari Farg‘onada fuqarolar nima uchun niqobli harbiy xizmatchilar tomonidan kaltaklanganiga oydinlik kiritdi


12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda chegarachilarning fuqarolarga nisbatan jismoniy kuch ishlatayotgani tasvirlangan video keng tarqaldi. DXX Chegara qo‘shinlari Farg‘ona viloyati Xosilot chegara oldi aholi punktida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan munosabat bildirdi.

Chegara qo‘shinlari vakilining arizasida ta’kidlanishicha, 10-noyabr kuni taxminan soat 17:00 da videoda tasvirlangan Farg‘ona tumanidagi Xosilot aholi punktida chegarachilar naryadi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonunining 39-moddasiga ko‘ra, xizmat vazifasini o‘tagan.

Ko‘rsatilgan vaqtda hududga “40 G 014 KA” davlat raqami o‘rnatilgan Nexai-2 mashinasida Umidjon Saidjonov va Abdurasul Fozilov ismli fuqarolar chegarachilarning to‘xtash to‘g‘risidagi buyrug‘iga bo‘ysunmasdan, katta tezlikda chegara naryadini buzib o‘tishga uringan.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, yuqorida ismi keltirilgan fuqarolar, chegarachilar qarshisida to‘xtab, mojaro keltirib chiqarishga uringan, ularni haqorat qilgan va mahalliy aholini to‘plab harbiy xizmatchilarning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan. Bu orqali ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 196-1-modda 2-qismini (“Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining qonuniy talablarini bajarmaslik va ularning qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatish”) buzgan.

Shundan so‘ng, videoda ko‘ringanidek, fuqarolar chegarachilar naryadining talablariga bo‘ysunmay, noqonuniy harakatlarni bostirish uchun qurol va maxsus vositalardan foydalanishni tartibga soluvchi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonunning 43-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati” qonunining 44-moddasiga ko‘ra, chegara tartibini buzgan fuqarolar Umidjon Saidjonov va Abdurasul Fozilov jismoniy kuch ishlatilgan holda ushlangan.

Qo‘lga olingandan keyin ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari, shuningdek, avtoulovni boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Natijada qo‘lga olingandan so‘ng, ushbu shaxslar tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda ichki ishlar organlariga jo‘natilgan.

Ta’kidlash kerakki, fuqaro Umidjon Saidjonov bundan oldin bir necha bor chegarachilar tomonidan Davlat chegarasini buzish va turli xil inventarizatsiya buyumlarini noqonuniy ravishda olib o‘tish holatlari bo‘yicha qo‘lga olingan. Xususan, 2016-yil 31-oktabrda Umidjon Saidjonov O‘zbekiston hududiga qariyb 8 million so‘mlik 3175 dona taqiqlangan volfram lampochkalarini olib o‘tishga uringanida ushlangan.

2018-yil 7-yanvar kuni esa xuddi shu hududda Tiko avtomashinasi orqali 18 million so‘mlik parfyumeriya tovarlarini olib o‘tayotganida qo‘lga tushgan.

Abdurasul Fozilov esa 2019-yil 10-noyabr kuni mazkur hududda Davlat chegarasini buzganligi uchun qo‘lga olingan. Barcha holatlarda ham tegishli dalolatnomalar tuzilib, ular Farg‘ona viloyati IIBga yuborilgan.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, ilgari ushbu hududda mahalliy kontrabandachilar qo‘rqitish va jinoyat sodir bo‘lgan joydan yashirinish maqsadida chegarachilarga bir necha bor bosim o‘tkazishga uringan.

Shu kabi bosimlar oqibatida 2010-yilda harbiy xizmatchi N.Egamov, 2012-yilda A.Yunusov, 2013-yilda J.Ashirov Davlat chegarasini qo‘riqlash vaqtida halok bo‘lgan.

Ayni vaqtda DXX Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy prokuratura bilan hamkorlikda yuqoridagi fakt bo‘yicha xizmat tekshiruvini o‘tkazmoqda. Vaziyatga oydinlik kiritilgach, qonun doirasida tegishli choralar ko‘riladi.

DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют