» » Afg‘onistonda prezidentlik saylovlari dastlabki natijalarining e’lon qilinishi yana kechiktirildi

Afg‘onistonda prezidentlik saylovlari dastlabki natijalarining e’lon qilinishi yana kechiktirildi


Afg‘onistonda sentabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalarining e’lon qilinishi yana kechiktirildi. Bu haqda Mustaqil saylov komissiyasi a’zosi Orang Zeb TOLO News telekanliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar bergan “TASS”.

Zebning so‘zlariga ko‘ra, 14-noyabrga rejalashtirilgan saylovlarning dastlabki natijalarini e’lon qilish yana kechiktiriladi. Kechikishga saylovchilarning ovozlarini hisoblash masalalarida vaziyatning keskinlashgani sabab bo‘lgan.

Afg‘onistonda prezidentlik saylovlari 28-sentabrda o‘tkazilgan. Mustaqil saylov komissiyasining ma’lumoti bo‘yicha ularda jami 2,6 million afg‘onistonlik fuqaro ishtirok etgan. Ovoz berish boshlanishidan avval esa jami 9,7 million saylovchi ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.

Dastlabki natijalar 19-oktabrda e’lon qilinishi lozim edi, biroq MSK raisi Havo Alam Nuristoniy ushbu muddatning 14-noyabrgacha kechiktirilishini bildirgan.

Saylov natijalarining e’lon qilinishi 14-noyabrdan qaysi sanaga ko‘chirilgani noma’lumligicha qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2019, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют