» » Farg‘onada hamshiralikka ishga kiritib qo‘yish uchun 800 dollar so‘ragan ayol qo‘lga olindi

Farg‘onada hamshiralikka ishga kiritib qo‘yish uchun 800 dollar so‘ragan ayol qo‘lga olindi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ishga kiritib qo‘yish uchun pora olgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokutarura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasi vrach-laboranti Shoira ismli ayol Sayyora ismli fuqaroni ushbu shifoxonaga hamshiralik vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 800 AQSh dollarini talab qilib, pullarni olayotgan vaqtida ushlangan.

Mavzuga doir: Tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yish uchun 300 dollar olgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Mazkur holat yuzasidan Shoiraga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari (“Firibgarlik”, “Jinoyat ishtirokchilarining turlari”, “Pora berish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют