» » Toshkentda ochiladigan Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xodimlari Janubiy Koreyada malaka oshirmoqda

Toshkentda ochiladigan Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xodimlari Janubiy Koreyada malaka oshirmoqda


Toshkent shahrida barpo etilayotgan Bolalar milliy tibbiyot markazida qurilish ishlari yakunlanish arafasida. Hozirda ushbu zamonaviy muassasani yuqori texnologik tibbiyot uskunalari bilan ta’minlash ishlari boshlab yuborilgan. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 130,58 million dollariga teng. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Prezident Yashnobod tumanida Janubiy Koreya fondi bilan hamkorlikdagi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qurilishi bilan tanishdi (foto)

Mazkur tibbiyot markazini qurish, eng so‘nggi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash barobarida, malakali mutaxassislarni tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Janubiy Koreyaning nufuzli Pusan milliy universiteti klinikasida 100 nafar mutaxassisning malakasini oshirish ko‘zda tutilgan.

Xabar berilishicha, avvalroq 30 nafar hamshira bir oylik o‘quv kursini yakunlab qaytgan. Kuni kecha 19 nafar shifokor bir yillik o‘quv kursini tugatib, O‘zbekistonga qaytib keldi. Joriy yil 17-noyabrdan esa yana 20 nafar shifokor Pusan milliy universiteti klinikasida malaka oshirishni boshlaydi va bir yil davomida o‘qiydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligida malaka oshirib kelgan va malaka oshirishga yuborilayotgan shifokorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, mazkur tibbiyot markazida ishlash uchun tanlab olingan tibbiyot xodimlarining Jabubiy Koreyada malaka oshirishini tashkil qilish kelgusida xalqaro standartlarga mos ravishda bolalarga ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini yaratadi.

Malaka oshirish uchun yuborilgan guruh tarkibida tibbiyotning xirurgiya, nevrologiya, onko-gematologiya, urologiya, travmatologiya-ortopediya, gastroenterologiya, neonatologiya kabi o‘nlab yo‘nalish mutaxassislari o‘z sohalari bo‘yicha tashxislash, davolashning zamonaviy va innovatsion usullari, ularni qo‘llashda yuqori texnologik uskunalardan foydalanish borasida bilim va ko‘nikmalarini oshirib qaytdi.

Shuningdek, muloqotda Bolalar milliy tibbiyot markazi uchun keltirilayotgan yuqori texnologik tibbiy uskunalarni bir maromda ishlashini ta’minlashga mas’ul 20 nafar texnik xodimning ham malakasini oshirish ko‘zda tutilgani qayd etildi.

Mavzuga doir: Toshkentda qurilayotgan Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2020-yilda ish boshlaydi

Yangi markaz 280 o‘ringa ega bo‘lib, unda kuniga 250 nafar bemorni qabul qilish va birinchi yilida 1500 dan ziyod yuqori texnologiyaga asoslangan operatsiya o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Ushbu zamonaviy shifoxonada 1000 nafarga yaqin malakali shifokor va o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют