» » Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi

Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-noyabr kuni Prezident huzuridagi xorijiy investorlar kengashini tuzish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Kengash Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga va boshqa muhim sohalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda sifatli investitsiya jarayonlarini tashkil etish maqsadida tashkil etilmoqda.

Yangi tuzilma Prezident huzuridagi maslahat organi hisoblanib, uning tarkibi O‘zbekistonda investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy va boshqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, shu jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining rahbarlari va vakillari, shuningdek, boshqa ishtirokchilar orasidan belgilangan tartibda shakllantiriladi.

Kengash o‘z faoliyatini oraliq va yalpi majlislar shaklida yuritadi. Kengash yalpi majlislari yilda bir marta, oraliq majlislari — yilda kamida ikki marta o‘tkaziladi.

Quyidagilar kengashning asosiy vazifalari etib belgilandi:

Mavzuga doir: Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov: “Har bir investorga o‘zim kafil bo‘lyapman”

Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyul oyida hukumat qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют