» » Bosh prokuratura Quyichirchiqda odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan chaqnash to‘g‘risida bayonot berdi

Bosh prokuratura Quyichirchiqda odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan chaqnash to‘g‘risida bayonot berdi


Quyichirchiq tumani “Surum” MFY Namunali uy ko‘chasida joylashgan 1-uyning isitish qozonidan tabiiy gazning sizib chiqishi natijasida sodir bo‘lgan chaqnash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

11-noyabr kuni Quyichirchiq tumanida namunali uylarning xonadonida gaz chaqnashidan hosil bo‘lgan yong‘in oqibatida 2 nafar fuqaro vafot etganligi va 4 nafari tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilganligi haqida xabar berilgan.

Mazkur holat yuzasidan 13-noyabr kuni Quyichirchiq tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (“Mansabga sovuqqonlik bilan qarash”) 3-qismi “a” bandi va 258-moddasi (“Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish”) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga doir: FVV ikki fuqaro o‘limiga sabab bo‘lgan Quyichirchiqdagi portlash sababini ma’lum qildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sodir bo‘lgan chaqnash oqibatida esa uyning deraza romlari, eshiklari, yotoqxonaning devorlari va shifti otilib ketgan va shiftdagi temir-beton plitalari qulab tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют