» » JCh—2022 yo‘lida: O‘zbekiston terma jamoasi bugun Saudiya Arabistoni bilan o‘ynaydi

JCh—2022 yo‘lida: O‘zbekiston terma jamoasi bugun Saudiya Arabistoni bilan o‘ynaydi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 14-noyabr, payshanba kuni JCh—2022 musobaqasi ikkinchi saralash bosqichi 5-turi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.

O‘yin 17:00 da boshlanishi belgilangan. Bahsga Toshkentdagi “Paxtakor” stadioni mezbonlik qiladi.

Mavzuga doir: Vadim Abramov Saudiyaga qarshi o‘yin oldidan: “O‘z kamchiliklarimizni yaxshi bilamiz”

Uchrashuvni yaponiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. O‘yin bosh hakami — Ryuji Sato. Unga qanotlarda hamyurtlari — Hiroshi Yamauchi hamda Jun Mihara yordam beradi. Zaxira hakami — Yudai Yamamoto.

Mavzuga doir: Odil Ahmedov: “Saudiyaga qarshi o‘yin ahamiyatini barcha birdek tushunib turibdi”

Bellashuvni Sport-TV telekanali jonli efirda namoyish etadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi guruhda Saudiya kabi 3 ta o‘yin o‘tkazgan. Abramov shogirdlari 6 ochko bilan peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa, arabistonliklar 5 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan o‘rin olgan.

JCh—2022 saralashi

5-tur bahsi

14-noyabr, payshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют