» » XDP va O‘zLiDeP “Lukoyl” amaldorining ishchilarni haqorat qilgani aks etgan videoga munosabat bildirdi

XDP va O‘zLiDeP “Lukoyl” amaldorining ishchilarni haqorat qilgani aks etgan videoga munosabat bildirdi


O‘zbekistonning Xalq demokratik partiyasi “Lukoyl” kompaniyasi amaldori Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tuman, Jarquduq gaz tayyorlash majmuasi ishchilarini haqorat qilgani aks etgan videodagi holatga o‘z munosabatini bildirdi.

“Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani” MChJ rahbar xodimi tomonidan Qashqadaryo viloyatida joylashgan Jarquduq majmuasi ishchilari sha’niga nomaqbul so‘zlar aytgani aks etgan videolavha keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilinayotgani bejiz emas. Hech narsa inson huquqi, qadr-qimmati va sha’nidan ustun qo‘yilmasligi kerak.

“Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani” MChJ ma’muriyati keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan videolavha yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish o‘tkazib, holat bo‘yicha rasmiy izoh, tushuntirish berishi zarur.

Vakolatli idoralar xodimlarning qonun bilan kafolatlangan huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishi, keng jamoatchilik bu haqda xabardor etilishi lozim.

Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDeP ham videodagi holatga munosabatini bildirilgan.

Biz mazkur vaziyatdan kelib chiqib, xizmat vazifasini bajarish davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar uchun mas’ul xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralarini ko‘rish eng to‘g‘ri yo‘l deb hisoblaymiz. U kim bo‘lishidan qat’i nazar turli millat va elat vakillarining o‘ziga xos milliy an’analari, urf-odatlari hamda shaxsiyatini toptashga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Zero, mamlakatimizda millatlararo totuvlik, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari juda yaxshi rivojlangan.

O‘zLiDeP kompaniya rahbariyatidan inson sha’niga nisbatan qilingan bunday tajovuz ishtirokchisiga nisbatan ko‘rilgan chora yuzasidan yaqin vaqt davomida jamoatchilikka axborot berish lozim deb hisoblaydi. Zero, shaxs qadr-qimmati, uning sha’ni daxlsizligi O‘zbekiston qonunchiligi hamda xalqaro normalarga muvofiq oliy qadriyat hisoblanadi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

Bundan avval O‘zbekistonning “Adolat” partiyasi va “Yuksalish” umummilliy harakati mazkur holat yuzasidan o‘z munosabatini bildirib, Lukoyl” kompaniyasi vakilining xatti-harakatiga jiddiy e‘tibor qaratish lozimligini aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют