» » Toshkentda 20 yoshli qizning Gentra’sini sotib bergan erkak 5 ming dollarni o‘zlashtirdi

Toshkentda 20 yoshli qizning Gentra’sini sotib bergan erkak 5 ming dollarni o‘zlashtirdi


Toshkentda 20 yoshli qizning Gentra‘sini sotishga yordam bergan erkak sotuvdan tushgan 5 ming dollarni o‘zlashtirgan erkakka jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, 12-avgust kuni 31 yoshli erkak B.B. 20 yoshli qiz M.Sh.ning ishonchiga kirib, unga Gentra avtomobilini sotishda ko‘maklashishini va’da qilgan.

Uni 11 ming dollar evaziga sotgan B.B., M.Sh.ga 6 ming dollarni berib, qolgan 5 ming dollani o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

B.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Bundan avval Toshkentdagi “moyka” ishchisi mijozning Lacetti’sini olib qochgani, Toshkent viloyatida Spark haydovchisining qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, mashinasini olib qochgan shaxslar ushlangani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют