» » Senat Qashqadaryoda 5 nafar erkak 26 yoshli ayolni zo‘rlagani voqeasiga munosabat bildirdi

Senat Qashqadaryoda 5 nafar erkak 26 yoshli ayolni zo‘rlagani voqeasiga munosabat bildirdi


Oliy Majlis Senati nomusi toptalgan qashqadaryolik ayol masalasi nazoratda ekanini bildirdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ko‘ngilsiz voqeaga uchragan bu ayolning tunda ko‘chada yurgani yoki axloqiy yurish-turishi mazkur mudhish jinoyat sodir etilishiga asosiy sabablardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.

Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi bu holatni faqat ana shu omil bilan bog‘lash noto‘g‘ri ekanligini ta’kidlagan. Shuningdek, O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarida har bir fuqaro xoh tun, xoh kunduz bo‘lsin ko‘chada yurishi taqiqlanmagani, hech kim birovning axloqsizligini ro‘kach qilib, uni o‘zboshimcha jazolashga haqqi yo‘qligi aytilgan.

Shuningdek, qayd etilishicha, ayol o‘z oilasini boqish istagida umumiy ovqatlanish joylaridan birida ofitsiant bo‘lib ishlagan va uyiga qaytayotgan vaqtda ayrim niyati buzuq shaxslar tomonidan tahqirlangan. Shuning uchun masalaga bunday tor ma’noda yondashish yurtimizda tunda yurish zo‘ravonlik qurboni bo‘lishga sabab bo‘ladi degan mutlaqo noto‘g‘ri qarashlarning shakllanishiga, natijada mamlakatimizda o‘rnatilgan qonun ustuvorligi haqida yanglish fikr paydo bo‘lishiga olib keladi.

“Xulosa bitta – ayol kishining erkinligiga tajovuz qilingan va jinoyat sodir etgan shaxslar qonun oldida javob berishi muqarrar”, — deb ta’kidlangan xabarda.

O‘zbekiston Respublikasining gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi va Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi ushbu jinoyat ishi yuzasidan mutasaddi idoralar tomonidan zarur choralar ko‘rilishini kuzatib borishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qarshi shahrida yashovchi 30 yoshdan oshgan 5 nafar erkak oktabr oyida, tungi soat 01:30 da ko‘chada ketayotgan 26 yoshli ayolni majburlab mashinaga o‘tkizib, ovloq joyga olib borib nomusiga teggan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют