» » Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi

Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi


O‘zbekiston Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i etib Asadjon Xo‘jayev tayinlandi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Mazkur davlat inspeksiyasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Asadjon Xo‘jayev 2017-yil martidan avgustiga qadar Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritgan. So‘ng Birinchi Prezident Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma‘rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

U 2011—2012-yillarda Intellektual mulk agentligiga, 2012—2017-yillarda esa Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga rahbarlik qilgan.

Yangi lavozimga tayinlanguniga qadar 2018-yilning avgustidan boshlab Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi direktori sifatida ishlab kelayotgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют