» » OAV: Kuvayt bosh vaziri iste’fo so‘radi

OAV: Kuvayt bosh vaziri iste’fo so‘radi


Kuvayt bosh vaziri shayx Jobir al-Muborak al-Hamad as-Saboh davlat rahbari Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Sabohdan o‘zini iste’foga chiqarishini so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Mavzuga doir: Kuvaytda dunyodagi eng uzun avtoko‘prikning qurilishi yakunlanmoqda

Xabarlarga ko‘ra vazirlar mahkamasi rahbari bilan birgalikda amirlik hukumatining boshqa a’zolari ham iste’fo so‘ragan.

Kuvayt hukumatining rasmiy vakili vazirlar mahkamasining joriy iste’fosi ijro organining o‘z ishini qayta tashkil qilishini anglatishini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Kuvaytda odamfurushlarning ayollarni Instagram orqali sotgani aniqlandi (video)

Kuvayt milliy majlisi spikeri Marzuk al-G‘anim mamlakat amirining qonunchilik organini ya’ni parlamentni tarqatib yuborish niyati yo‘qligini bildirgan.

Avval 30-oktabrda Livanda bosh vazir Sa’d Haririy iste’foga chiqqan. Moldovada esa parlament bosh vazir Mayi Sandu boshqaruvidagi mamlakat hukumatini iste’foga chiqargandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют