» » Vadim Abramov Saudiyaga qarshi bahsdan so‘ng: “Hali imkoniyat bor”

Vadim Abramov Saudiyaga qarshi bahsdan so‘ng: “Hali imkoniyat bor”


Futbol bo‘yicha JCh—2022 sarlashi ikkinchi bosqichi 5-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z maydonida Saudiya Arabistoni termasiga qarshi bahs olib borib, 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

O‘zbekistonliklar ustozi Vadim Abramov bellashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

O‘yin haqida

— Afsuski, mag‘lub bo‘ldik, haqqoniy yoki aksincha bo‘lganligini aytish qiyin. Afsuslar bo‘lsinki, shuncha muxlis kelgan o‘yinda yutqazdik va ularni xursand qila olmadik. Natija esa juda yomon. Hayot davom etadi, menimcha, hali imkoniyat bor va kurashishda davom etamiz.

Shomurodovning ikkinchi bo‘limda o‘zini ko‘rsata olmagani va uning o‘rniga ertaroq Igor Sergeyevning maydonga tushirilmagani haqida

— Menimcha, u yomon o‘ynamadi. Yig‘inga kech kelganiga qaramay yaxshi o‘ynadi. Afsuski, yigitlar 2:1 hisobi vaqtida aqlni ishlatmadi, aksincha hissiyotlarga berilib ketishdi.

Himoyachilarning texnik jihatdan kuchli raqibga qarshi yosh bolalarcha xatolari haqida

— To‘g‘ri aytdingiz, birinchi bo‘limdagi qo‘pol xatolarda futbolchimiz (Rustam Ashurmatov — “Daryo”) hayajonlangani sezilib qoldi. To‘g‘ri, qisqa vaqt ichida o‘yin uslubimizni o‘zgartirishimiz kerakligi oldindan ma’lum edi. Balki himoyada bunga erisha olmagandirmiz.

Ahmedovning himoyaga qo‘yilishi haqida

— Mag‘lub bo‘lganimizdan keyin bemalol xato deyishingiz mumkin. Agarda yutganimizda bu umuman xato bo‘lmasdi. Ahmedov, menimcha, himoyada yaxshi o‘ynadi.

Himoyada bo‘ydor futbolchilarning yetishmayotganligi haqida

— Krimets deysizmi? Unda kichik kamchilik bor, tezlik olishi biroz sekinroq. O‘z maydonimizda o‘yin o‘tkazishimiz sababidan tezkor himoyachilarni maydonga tashladik. Ko‘ramiz, kelajakda nima bo‘lar ekan.

Hisobda oldinda borib yutqazilgani haqida

— Hozirgina aytganimdek, bugun hissiyot aqldan ustun keldi. Yigitlar uchinchi golni urishga intildi. Saudiyada esa ikkinchi bo‘limda deyarli yaqqol imkoniyatning o‘zi bo‘lmadi. Ammo so‘nggi daqiqalardagi rikoshet va uchinchi gol umuman tushunarsiz chiqdi. Himoyachilar oldinga o‘tib ketaverdi. Xuddi muxlislar qo‘llab-quvvatlovi shunga undayotgandek. Ammo baribir ham aqlni yig‘ib olmadik.

Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng arabistonliklarning ochkolari soni sakkiztaga yetdi va ular guruhda peshqadamga aylandi. O‘zbekiston hisobidagi ochkolar esa oltitaligicha qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют