» » O‘zbekistonda “Yandeks Dengi” hamyonlarini to‘ldirish imkoniyati paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda “Yandeks Dengi” hamyonlarini to‘ldirish imkoniyati paydo bo‘ldi


O‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun internet orqali “Hamkorbank” yordamida “Yandeks Dengi” hamyonlarini to‘ldirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shuningdek, hamyonlarni ushbu bankning istalgan bo‘limida identifikatsiya qilish mumkin. Bu haqda Spot xabar berdi.

Yangi imkoniyat “Hamkorbank” mijozlari va bank mijozi bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun joriy etilgan.

Mavzuga doir: UzCard orqali PayPal, “Yandeks.Dengi”, WebMoney va QiWi’dagi hisobni to‘ldirish xizmati joriy qilinadi

Xabar berilishicha, elektron hamyonni yangi usulda to‘ldirish uchun hamyonlar identifikatsiya qilingan bo‘lishi kerak. Hamyonlarni to‘ldirish uchun Android va iOS uchun Hamkor Mobile ilovasini yuklab olish yoki “Hamkorbank” saytiga kirish kerak bo‘ladi.

Shundan so‘ng elektron hamyon raqamini, mablag‘ miqdorini kiritish hamda pul o‘tkazmasini SMS orqali kelgan kod yordamida tasdiqlash kerak. “Yandeks Dengi” hamyonini Uzcard yoki Humo tizimidagi istalgan plastik karta bilan to‘ldirish mumkin.

Hisobni to‘ldirish jarayonida foydalanuvchining plastik kartasidan so‘mda mablag‘ yechib olinadi va bu mablag‘ elektron hamyonga rublda tushadi.

Konvertatsiya O‘zbekiston Markaziy bankining joriy kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. Hamyonni to‘ldirish uchun bank komissiyasi 3 foizni tashkil etadi.

Bunda komissiya summasi bankning o‘zi tomonidan hisoblab chiqiladi va oldindan foydalanuvchiga ko‘rsatiladi. “Hamkorbank” orqali hamyonni bir marotabada 300 ming rublgacha (44 million so‘mgacha) to‘ldirish mumkin, hamyonda esa 500 ming rublgacha (taxminan 74 million so‘m) saqlash mumkin.

Hamyonlarni identifikatsiyasini “Hamkorbank”ning istalgan filial va mini-banklarida amalga oshirish mumkin. Buning uchun bank ofisiga pasport bilan borish kerak hamda elektron hamyon raqamini aytish va 25 ming so‘m to‘lash lozim.

Identifikatsiyadan so‘ng foydalanuvchiga “Yandeks Dengi” hamyonlarining bir qator imkoniyatlari taqdim etiladi. Shu jumladan, dunyo bo‘ylab to‘lovlar, boshqa hamyonlarga, karta va bank hisob raqamlariga pul o‘tkazish, internet orqali pul yig‘ish, naqd pulni olish.

Identifikatsiyadan o‘tgan hamyon egasi 11 ta xorijiy valyutada ham hisob ochishi mumkin. Bular rubldan tashqari, dollar, yevro, belarus rubli, qozoq tengesi va boshqalar hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 04:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют