» » O‘zbekiston va Rossiya 4 mlrd dollarlik shartnomalarni imzolaydi

O‘zbekiston va Rossiya 4 mlrd dollarlik shartnomalarni imzolaydi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi doirasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohada 4 milliard dollardan ziyod ikki tomonlama idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz” O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasiga tayanib.

Avvalroq Prezidentning tashrifiga tayyorlanish uchun Moskvaga yetib borgan, bosh vazir birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligidagi hukumat delegatsiyasi vakillari 3-aprel kuni hujjatlarning alohida qismini tasdiqladi, ammo asosiy paket 4—5-aprel kungi tashrif davomida imzolanadi.

Imzolanadigan hujjatlar orasida Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasi bilan O‘zbekistonning Tebinbuloq konida titan-magnetit rudalarini ishlab chiqish bo‘yicha 1,5 milliard dollarlik loyihani amalga oshirish haqidagi memorandum bor.

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Gazprombank” va Rossiya Eksport-kredit agentligi O‘zbekistondagi investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha 500 million dollarlik bitim imzolaydi.

Shuningdek, Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati va “RIVS” kompaniyasi, “Asaka” banki va “Gazprombank”, “O‘zbekneftgaz” va Rossiya energetika vazirligi o‘rtasida ham turli bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (4-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют