» » Buxoro viloyati paxta rejasini ortig‘i bilan bajardi

Buxoro viloyati paxta rejasini ortig‘i bilan bajardi


Buxoro viloyati paxtakorlari 318 ming 300 tonnalik xirmon bilan 2019-yilgi paxta xomashyosini topshirish bo‘yicha yillik shartnomaviy rejasini ortig‘i bilan bajardi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Uyushqoqlik bilan boshlangan yig‘im-terim mavsumida jami 2120 ta terim otryadi 213 mingdan ortiq terimchini o‘zida birlashtirdi. Ular uchun dalada issiq ovqat va boshqa shart-sharoit hozirlangani, terib topshirilgan har kilogramm paxta uchun birinchi terimda 1000, ikkinchi terimda 1200 so‘m paxta puli berilgani ko‘zlangan xirmonni yog‘in-sochinli kunga qoldirmasdan, sifatli yig‘ib olish imkonini berdi va terimchilar moddiy manfaatdorligini oshirdi.

Umuman, viloyatning yil yakuni bilan birgina paxtachilikdan olayotgan daromadi mutasaddilar hisob-kitobicha, 1 trillion 309 million so‘mdan oshadi. Qo‘lga kiritilayotgan sof foyda esa 264 million so‘mdan kam emas.

“Erishilayotgan bu kabi muvaffaqiyatlarimiz xalqimizning hayot sifatini yaxshilash, turmushimizni yanada farovon qilish, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash ishlariga sarflanadi, albatta”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Toshkent viloyatida paxta sotish rejasi ortig‘i bilan bajarildi

Joriy yil O‘zbekistonda birinchi bo‘lib paxta rejasini Farg‘ona viloyati bajargan bo‘lsa, undan keyingi peshqadamlikni Andijon viloyati qo‘lga kiritdi. Uchinchi bo‘lib Qoraqalpog‘iston Respublikasi yillik shartnomaviy rejani 100,54 foizga ortig‘i bilan bajardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют