» » Yevro—2020 yo‘lida. Angliya yettita, Portugaliya esa oltita gol urdi, Fransiya va Turkiya musobaqa yo‘llanmasiga ega chiqdi

Yevro—2020 yo‘lida. Angliya yettita, Portugaliya esa oltita gol urdi, Fransiya va Turkiya musobaqa yo‘llanmasiga ega chiqdi


2020-yilgi Yevropa Chempionati saralash bosqichining 9-turidan o‘rin olgan bahslar 14-noyabr, payshanba kuni start oldi.

Garet Sautgeyt boshchiligidagi Angliya terma jamoasi Londonda Chernogoriyani qabul qildi. uchrashuvda Harri Keyn het-trikka erishdi, Aleks Oksleyd-Chemberlen, Markus Reshford va Temmi Abraham bir martadan mehmonlar darvozasiga yo‘l topdi. Shuningdek, ushbu o‘yinda Ben Chilluel uch marta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Ushbu g‘alaba Angliya terma jamoasiga Yevro—2020 yo‘llanmasini taqdim etdi.

Portugaliya terma jamoasi esa Litva bilan bahs yuritdi. Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu het-trik qayd etgan bo‘lsa, Pitssi, Gonsalu Pasiyensiya va  Bernardu Silva ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Fransiya terma jamoasi esa Moldovani qabul qildi. Dastlab 9-daqiqada Vadim Ratsa fransiyaliklar himoyasidagi xatodan foydalanib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 35-daqiqada Rafael Varan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yin yakunlanishi arafasida Olivye Jiru penaltini aniq bajarib, Fransiya terma jamoasi g‘alaba keltirdi.

Bu g‘alaba Fransiyani Yevro—2020 final bosqichiga olib chiqdi. Shuningdek, Turkiya va Chexiya terma jamoalari ham musobaqaga yo‘llanma oldi.

Yevro—2020 saralashi

9-tur bahslari

14-noyabr, payshanba

Gollar: 1:0 — 11 Oksleyd-Chemberlen, 2:0 — 18 Keyn, 3:0 — 24 Keyn, 4:0 — 30 Reshford, 5:0 — 37 Keyn, 6:0 — 66, avtogol Shofranats, 7:0 — 84 Abraham.

Gollar: 1:0 — 7, penalti Ronaldu, 2:0 — 22 Ronaldu, 3:0 — 52 Pitssi, 4:0 — 56 Pasiyensiya, 5:0 — 63 Bernardu Silva, 6:0 — 65 Ronaldu.

Gollar: 0:1 — 9 Ratsa, 1:1 — 35 Varan, 2:1 — 79, penalti Jiru.

Gollar: 1:0 — 11 Mitrovich, 2:0 — 43 Mitrovich, 2:1 — 54 Rodrigesh, 3:1 — 70 Radonich, 3:2 — 75 Tyurpel.

Gollar: 0:1 — 50 Nuxiu, 1:1 — 71 Kral, 2:1 — 79 Chelyustka.

Gollar: 1:0 — 6 Balay, 1:1 — 18 Martines, 1:2 — 48 Martines, 2:2 — 55 Manay.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют