» » Millionerlar sizga hech qachon aytmaydigan narsalar

Millionerlar sizga hech qachon aytmaydigan narsalar



Million — bu juda kam

Boylar bu haqda aytmaslikni afzal ko‘radi, ammo bugungi kunda 1 million dollar hali boylik degani emas. Hatto 10 million dollar ham oliy davralarda o‘rtamiyona mablag‘ hisoblanadi. Amerikada 30 million va undan ko‘proq puli bo‘lgan fuqarolar eng boy hisoblanadi

Nazariy jihatdan ayollar va erkaklar milliarder bo‘lish uchun teng imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, hozircha ayollar yutqazmoqda. 1426 milliarderdan 138 nafarigina — ayollar. Ekspertlar taxmin qilishicha, erkaklarga ko‘pincha ayollarga yoqish istagi kuch beradi.

Statistikaga ko‘ra, AQShlik milliarderlar eng yaxshi joylarda ta’lim oladi. Sababi esa oddiy: ularning ko‘pchiligi — boy oilalarning farzandlari.

Milliarderlar bemalol shunday xaridlarni amalga oshiradiki, keyin ular haqida matbuot butun olamga jar soladi. Oligarx Roman Abramovich 1 milliard dollarga yaxta solib oldi, Saudiya shahzodasi Al-Valid 400 million dollarlik Airbus A380 laynerini xarid qildi, meksikalik biznesmen D. Martinez Pollokning kartinasini 140 million dollarga sotib oldi… Oddiy odamga bularning barchasi isrofgarchilik bo‘lib tuyuladi. Ammo buyumlarning narxini milliarderlarning davlati bilan qiyoslasa, foiz hisobida ular boshqalarga nisbatan kamroq pul sarflagan bo‘lib chiqadi.

Milliarderlar olamida yangi trend paydo bo‘ldi: merosxo‘rlarga hech narsa qoldirmaslik. 2009-yilda Giving Pledge deb nomlangan g‘oya e’lon qilindi. Sayyoraning eng badavlat kishilari o‘z boyligini to‘plab o‘tirish o‘rniga, uni tarqatishga chaqirdi. Uorren Baffet o‘z boyligining 99 foizini tarqatishga, farzandlariga esa mustaqil ish uchun talab qilinadigan mablag‘ qoldirishga va’da berdi. B. Xilton, D. Rokfeller, R. Perelman va boshqa milliarderlar bu harakatga qo‘shildi.

Manba: “Vestifinance.ru”    

Опубликовано: admin (4-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 66) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют