» » Markaziy bank bank kartalarini ogohlantirishsiz bloklanish holatlariga izoh berdi

Markaziy bank bank kartalarini ogohlantirishsiz bloklanish holatlariga izoh berdi


Markaziy bank fuqarolar tomonidan ularning bank kartalari banklar tomonidan bloklanganligi bo‘yicha (qonun hujjatlari talablariga muvofiq) bildirilgan e’tirozlar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan tushuntirish berdi

“Banklar tomonidan fuqarolarga ularning bank kartalari bo‘yicha hisob varaqlari bloklanganligi yoki xatlanganligi yoxud ushbu hisob varaqlar orqali amaliyotlar o‘tkazilishi to‘xtatib qo‘yilganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborilmasligi, mijozlarga depozit xizmatlari ko‘rsatishdagi insofsiz bank amaliyotlarining elementi hisoblanadi.

Markaziy bank nuqtayi nazariga ko‘ra, har bir omonatchi (bank kartasi egasi) bank tomonidan depozit xizmatlarini ko‘rsatish shartlari o‘zgarganligi, shu jumladan, depozit hisob varag‘i bloklanganligi yoki xatlanganligi sababli bank unga o‘z vaqtida xabarnoma yetkazishini umid qilishga haqlidir. Bank esa o‘z navbatida, mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni etik xulq-atvor normalarga amal qilgan holda olib borishi hamda ularning hisob varaqlari bilan bog‘liq amallar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilishlari lozim”, — deyiladi xabarda.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 26-oktabr kuni Markaziy bank boshqaruvi tomonidan qonun hujjatiga kiritiladigan o‘zgartirishlar tasdiqlandi. Unga ko‘ra, bank tomonidan mijozning bank hisob varag‘i va (yoki) bank omonati, shu jumladan, bank kartalari bo‘yicha (bank kartalaridan foydalanayotgan paytda “PIN-kod”ni noto‘g‘ri terilishi oqibatida blokirovkaga tushgan holatlar bundan mustasno) amaliyotlar to‘xtatib qo‘yilganda, amaliyot to‘xtatilgan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda hisob varaq yoki omonat egasiga uning hisob varag‘iga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilganligi va uning sabablari yuzasidan xabarnoma yuborishi shart.

Hozirgi paytda mazkur o‘zgartirishlar belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga yo‘llangan, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют