» » Yevropa banki O‘zbekiston mehmonxonalarini xususiylashtirishda ishtirok etishi mumkin

Yevropa banki O‘zbekiston mehmonxonalarini xususiylashtirishda ishtirok etishi mumkin


Davlat aktivlarini boshqarish agentligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining mehmonxonalar va ko‘chmas mulk bo‘yicha missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Agentlik direktori turistik sohadagi islohotlar, aynan shu tizimda faoliyat yuritayotganlar uchun davlat tomonidan yaratilgan imtiyozlar va ijobiy siljishlar, mehmonxona biznesini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlatga tegishli bo‘lgan obyektlar negizida mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish istiqbollari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Mazkur jarayonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan xususiy sektor vakillarining yirik mehmonxona majmualarini xususiylashtirish yoki yangidan qurish bo‘yicha loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etishi, mehmonxonada xizmat qiluvchi xodimlarning treninglar o‘tkazish orqali malakasini oshirish, turizmni rivojlantirish yo‘nalishlarida faoliyat yuritishi hamda ekspertlarni jalb etgan holda ichki bozor o‘rganilib, yirik loyihalarni amalga oshirish mumkinligi aytildi. Bunda to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki tijorat banklari orqali resurslar ajratib beriladi.

Mavzuga doir: “O‘zbekiston” mehmonxonasining narxi yana pasaydi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki salohiyatli investorlarni O‘zbekistonda mehmonxona biznesini rivojlantirish uchun jalb etish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Avvalroq Yaponiya fuqaro aviatsiyasi byurosi direktori bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda aeroportlar xususiylashtirilishi mumkinligi haqida ham ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют