» » Toshkentda metro qurilishi sababli Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi yopiladi

Toshkentda metro qurilishi sababli Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi yopiladi


Toshkentning Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasining Yunusota va Husayniy ko‘chalari oralig‘idagi qismi 15-noyabridan 22-noyabr kunigacha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yo‘lning ushbu qismi Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi doirasida yer osti o‘tish yo‘lini barpo etish ishlari olib borilishi munosabati bilan bilan yopiladi. “Avtotransport vositalarining harakati aylanma yo‘l orqali amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Toshkentda harbiy otliqlar marshi o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Hozirda Amir Temur ko‘chasining Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi joylashgan nuqtasidan Ahmad Donish ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘lning bir tomonga harakatlanish qismi 12-sentabridan dekabr oyigacha yopilgan.

Ma’lumot uchun, Toshkent metropolitenining “Yunusobod” yo‘nalishidagi yangi ikkita bekat qurilishi 2019-yil oxirigacha yakunlanishini e‘lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют