» » Erdo‘g‘on: Biz uch-besh nafar yevropalik fashistning sha’nimizni oyoqosti qilishiga yo‘l qo‘ymaymiz

Erdo‘g‘on: Biz uch-besh nafar yevropalik fashistning sha’nimizni oyoqosti qilishiga yo‘l qo‘ymaymiz


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Riza shahrida bo‘lib o‘tgan namoyishdagi nutqida Yevropadagi hamyurtlarini konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendumda ishtirok etib, shu orqali “natsistlar nabiralariga javob berish”ga chaqirdi, deb xabar beradi “TASS”.

“Biz uch-besh nafar yevropalik fashistning sha’nimizni oyoqosti qilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Qarshiliklarga qaramay, hamyurtlarimiz juda faol ovoz bermoqda. Natsistlar nabiralariga javobini beringlar”, — dedi Turkiya prezidenti.

Erdo‘g‘on “Yevropadagi ayrim yetakchilar, afsuski, terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlayotgan”ini ham ta’kidlab, Shveysariyadagi kurdlar namoyishini yodga soldi. Ushbu namoyishda Erdo‘g‘onning boshiga to‘pponcha tiralgan rasmi ko‘rsatilgan edi.

“Yevropa ittifoqi mamlakatlari yetakchilari Vatikanga bormoqda. Biroq bunday vaqtda ularning Vatikanda qanday ishi bo‘lishi mumkin? Vatikanning Yevropa ittifoqi bilan qanday ishi bor? Ularning bari bir millatga aylanib, Turkiyani Yevropa Ittifoqiga kiritmaslik uchun qo‘lidan kelgan barcha narsani qilmoqda”, — dedi prezident.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют