» » Instagram rasmlarga qo‘yilgan “layk”larni yashira boshladi

Instagram rasmlarga qo‘yilgan “layk”larni yashira boshladi


Bugun, 15-noyabrdan boshlab butun dunyo bo‘ylab aksariyat Instagram foydanuvchilari postlar ostiga qo‘yilgan “layk”larni ko‘ra olmaydi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, sinovdan o‘tkazilayotgan tartib butun dunyo mamlakatlarini qamrab oladi. Biroq ijtimoiy tarmoq qanday yo‘sinda akkauntlarni tanlab olishiga aniqlik kiritilmagan.

Yangi tartibni sinovdan o‘tkazish uchun tanlab olingan akkauntlar egalari “layk”larning umumiy sonini va boshqa postlarga bosilgan “layk”lar sonini ko‘ra olmaydi. Yangilik foto va videolarga baravar tegishli, deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoq “layk”larni bekor qilishni rejalashtirayotgani joriy yilning aprelida ma’lum bo‘lgan edi.

Mavzuga doir: Facebook layklar hisoblagichidan voz kechmoqchi. Instagram bu kabi funksiyani sinovdan o‘tkazishni boshladi

Instagram ekspertlari foydalanuvchilar “layk”lar soni haqida emas, balki post haqida ko‘proq o‘ylashini istamoqda.

Instagram 18-iyul kuni test rejimida post ostiga qo‘yilgan “layk”lar sonini yashirishni boshlagan edi. O‘shanda bu yangi tartib Avstraliya, Braziliya, Italiya, Irlandiya, Yangi Zelandiya va Yaponiyani qamrab olgan edi.

Avvalroq Instagram TikTok’ka o‘xshash Reels dasturini sinovdan o‘tkazayotgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Instagram TikTok’ka o‘xshash Reels dasturini sinovdan o‘tkazmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют