» » Portlash sodir bo‘lgan Peterburg metrosi mashinisti mukofotga tavsiya etiladi

Portlash sodir bo‘lgan Peterburg metrosi mashinisti mukofotga tavsiya etiladi


3-aprel, dushanba kuni portlash sodir bo‘lgan Peterburg metrosi poyezdining mashinisti favqulodda vaziyatda to‘g‘ri harakat qilib, qurbonlar sonining oshishiga yo‘l qo‘ymagani uchun mukofotga tavsiya etiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“U favqulodda vaziyat sharoitlaridagi xatti-harakatlari uchun mukofotlanadi. Agar vagonlar platformaga olib chiqilmaganida, tunnelning yopiq qismida portlash yanada ko‘proq qurbonlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin edi”, — dedi metropoliten vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, mashinist “aynan ko‘rsatma bo‘yicha” harakat qilgan.

Agentlik suhbatdoshi aytishicha, 1966-yilda tug‘ilgan mashinist Peterburg metrosida 15 yildan buyon ishlaydi, 2006-yilda unga birinchi klass mashinisti maqomi berilgan, bu oliy maqom hisoblanadi.

Опубликовано: admin (4-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют