» » “Davlatdan nogironlik uchun beriladigan 286 ming so‘mga yashaymiz”. Mehribonlik uyida katta bo‘lgan Furqatjon yaxshi insonlar yordamiga muhtoj

“Davlatdan nogironlik uchun beriladigan 286 ming so‘mga yashaymiz”. Mehribonlik uyida katta bo‘lgan Furqatjon yaxshi insonlar yordamiga muhtoj


“Daryo” tahririyatiga Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi Mahmudova Mohigul turmush o‘rtog‘i 2-guruh nogironi Furqat Isaqovga yordam so‘rab murojaat qildi.

Furqat  Isaqov 1990-yil 24-avgustda Navoiyda tug‘ilgan. 2007- yilda futbol o‘ynayotib, oyog‘ining tizza qismidan og‘ir jarohat olgan. Buning natijasida suyagi yemirilib, payi uzilgan. 2017—2018-yillarda ikki bor operatsiya bo‘lgan. Furqatjon 3 marotaba oyog‘ining tizza qismini operatsiya qilib, suriluvchan shurp qo‘ydirishi kerak. Belidagi churra (grija)sini davolatish va sog‘ayib oyoqqa turishi uchun unga 25 million so‘m mablag‘ zarur  Ammo yosh oilaning bunga qurbi yetmaydi.

“Ikkimiz ham mehribonlik uyida katta bo‘lganmiz. Ayni paytda Navoiy shahridagi davlat yotoqxonasida yashaymiz. Erim kasal bo‘lgandan beri hech qayerda ishlamaydi. Ikkita farzandim bor. Kichkinam hali bir yarim oylik. Shuning uchun men ham biron joyda ishlolmayman.

Davlatdan nogironlikka beriladigan 286 ming so‘mga yashaymiz. Mahallada kam ta’minlanganlar ro‘yxatida turamiz. O‘tgan yilgi operatsiyaga mahalla “komiteti” katta yordam bergan. Lekin bu safargisiga esa… Erim operatsiya bo‘lib, tezroq oyoqqa turib ketishini xohlayman, biroq operatsiyaga 25 million so‘mni qayerdan olamiz? Sharoitimiz og‘ir ahvolda. Yaxshi insonlarning yordamiga juda-juda muhtojmiz”, — deydi biz bilan suhbatda bemorning ayoli Mohigul opa.

Barcha saxovatpesha yurtdoshlarimizdan Furqat Isaqov tuzalib ketishida moddiy yordam berishingizni so‘raymiz.

Furqat Isaqov uchun xayriya qilish istagida bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali ;

Ayoli Mahmudova Mohigul nomiga ochilgan

8600080453954819

Xorijdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun pasport ma’lumotlari:

Isaqov Furqat Hamrayevich

Pasport raqami: AA2679671 

Paynet orqali pul tashlashni istaganlar uchun:

+99891 330-05-89

Xotinining telefon raqami:

+99891  330-05-89



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 104) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют