» » Pishiriqlar ichidan chiqayotgani noma’lum tabletkalar haqidagi videoga munosabat bildirildi (video)

Pishiriqlar ichidan chiqayotgani noma’lum tabletkalar haqidagi videoga munosabat bildirildi (video)


So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Telegram’dagi kanallarda ishlab chiqarilgan manzili aniq bo‘lmagan keks yoki shunga o‘xshash pishiriqlar ichidan noma’lum tarkibli tabletkalar chiqayotganligi, uni iste’mol qilganlarda falajlik holatlari kelib chiqayotganligi to‘g‘risida videoxabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur videoga munosabat bildirdi.

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yoki xorijdan respublika hududiga olib kiriladigan har qanday turdagi oziq-ovqat mahsuloti, jumladan, keks va shunga o‘xshash shirin pishiriqlarning xavfsizligini kafolatlash uchun mahsulot olib kelgan tadbirkor murojaatiga asosan sanitariya shifokori joyiga chiqib, mahsulot sifati, uni saqlash sharoiti, olib kelingan avtotransport holatini to‘liq o‘rganadi.

Bunda mahsulotdan sanitariya-kimyoviy, mikrobiologik, radiologik tekshiruvlar uchun namunalar olinib, tegishli laboratoriyalarga topshiriladi. Tahlil natijalari amaldagi sanitariya me’yor va qoidalarga to‘liq javob bergan taqdirda, sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirilib, mahsulotning xavfsizligini kafolatlanadi.

Ta’kidlanishicha, 2019-yil 15-noyabr holatiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi shifoxonalarga yuqoridagi kabi mahsulotlar bilan zaharlanish yoki kasallik alomatlari bilan aholi tomonidan hech qanday murojaat bo‘lmagan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy markazlariga ham ma’lumotlar kelib tushmagan.

Vazirlik aholidan bunday asoslanmagan xabarlarga ishonib, sarosimaga tushmaslikni, bu kabi holatlardan xabardor bo‘lgan taqdirda, zudlik bilan hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlariga hamda +998712765928 ishonch telefoni orqali Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga murojaat qilishni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют