» » Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuvi Toshkentda 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuvi Toshkentda 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi


Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi Toshkentda 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

15-noyabr kuni Toshkentda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Vazirlar uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahatlashuv uchrashuviga tayyorgarlik masalasini ham muhokama qildi.

Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi 29-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishini ta’kidlagan.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri tomonidan ma’lum qilinishicha, vazirlar kutilayotgan sammitgacha hujjatlar loyihalarini tayyorlash ishlarini yakunlashni ko‘zlamoqda.

Avvalroq Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev mazkur uchrashuvning 27-noyabr kuni bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahatlashuv uchrashuvi 2018-yilda Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют