» » O‘zbekistonlik migrantlar asosan qaysi mamlakatlarda ishlayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik migrantlar asosan qaysi mamlakatlarda ishlayotgani ma’lum bo‘ldi


Bugungi kunda 2 million 600 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘zga davlatlarda mehnat qilmoqda, deb yozmoqda O‘zA.

Bu haqda Xalqaro matbuot markazida davom etayotgan Xalqaro press klubning “Press-qahva” debatlari dasturining ishsizlik va mehnat munosabatlariga bag‘ishlangan anjumanida ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, ularning 80 foizi, ya’ni 2 millon 200 nafari Rossiyada, 350 ming nafari Qozog‘istonda, 80 ming nafari Janubiy Koreyada, 60 ming nafari Turkiya va boshqa mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘pchilik Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mazkur statistikasi real hayotdagi raqamlardan farq qilishini aytadi. Biroq, vazirlik vakili raqamlar o‘rtasidagi farq katta emasligini ma’lum qilgan. Shuningdek, mutasaddisi ma’lumotiga ko‘ra, xorijdan o‘tgan yili mehnat migrantlari O‘zbekistonga 5 milliarddan ortiq valyuta yuborgan.

Bundan avval 2020-yilda O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi ikki barobarga ko‘payishi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют