» » Tramp va Putin Peterburgdagi portlashdan so‘ng terrorizmga qarshi kurashni muhokama qildi

Tramp va Putin Peterburgdagi portlashdan so‘ng terrorizmga qarshi kurashni muhokama qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Sankt-Peterburgdagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qildi, deb yozadi “TASS” Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari terrorizmga qarshi birgalikda kurashish zarurligi haqida umumiy fikr bildirgan.

“Prezidentlar terrorizm birgalikda kurashish kerak bo‘lgan yovuzlik ekanligini ta’kidladi… Ular aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi”, — dedi Peskov.

Oq uy matbuot xizmati, o‘z navbatida, AQSh prezidenti telefon suhbatida Sankt-Peterburgdagi teraktni qoralab, aybdorlarni javobgarlikka tortishda AQShning yordamini taklif etganini ma’lum qildi.

Oq uy, shuningdek, davlatlar yetakchilari “terrorizm ustidan iloji boricha tezroq va qat’iy ravishda g‘alaba qozonish kerakligi borasida bir fikrga kelganini” ta’kidladi.

Опубликовано: admin (4-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют