» » Dueyn Jonson ijtimoiy tarmoqlarda yana o‘ldi

Dueyn Jonson ijtimoiy tarmoqlarda yana o‘ldi


Onlayn-trollar taniqli Gollivud aktyor, “Qoya” laqabli Dueyn Jonsonnning yana halok bo‘lgani haqida feyk ya’ni yolg‘on xabarlar tarqatdi. Ushbu xabarlardan keyin tarmoqdagi ko‘plab foydalanuvchilar “marhum”ning oila a’zolari va muxlislariga hamdardlik bildirdi, deb yozgan “RIA Novosti”.

Axborot go‘yoki BBC News telekanalidan tarqalgan: “Dueyn “Qoya” Jonson 47 yoshida tryukni amalga oshiraman deb halok bo‘ldi” mazmunidagi qalbaki skrinshotlar ijtomoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.

Xabar xavolasiga o‘tgan foydalanuvchilar qalbaki sayt manziliga kirib qolmoqda. Britaniya telekanalining rasmiy saytida bunday xabar yo‘q.

Shunga qaramay, aktyorning ko‘plab muxlislari ijtimoiy tarmoqlardagi ushbu xabarlarga ishonib, ularni muhokama qilishga kirishib ketgan.

Mavzuga doir: Gollivudda aktyorlarning gonorari aktrisalarga nisbatan o‘rtacha 20 foizga ko‘p ekani ma’lum bo‘ldi

“Qoya” Jonsonninng o‘zi ushbu ma’lumotlarga hali rasmiy izoh bermagan.

Aktyor Internet tarmog‘ida ilk bora “o‘ldirilayotgani” yo‘q, u 2011- va 2014-yillarda ham halok bo‘lgan va muxlislarga: “Mening o‘limim haqidagi mish-mishlar – yolg‘on”, - deya murojaat yo‘llagan.

Mavzuga doir: 

21-avgustda Forbes jurnali dunyoning eng ko‘p gonorar oluvchi aktyorlari yangilangan reytingini e’lon qilgan. Nashr talqiniga ko‘ra Dueyn “Qoya” Jonson 2019-yilning eng boy aktyori deb topilgan. Jahon premyerasi dekabrda bo‘lib o‘tadigan “Jumanji. Yangi daraja” filmi unga katta daromad olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют