» » Chechenistonda davlat xizmatchilariga masofaviy ishlashga ruxsat berilishi mumkin

Chechenistonda davlat xizmatchilariga masofaviy ishlashga ruxsat berilishi mumkin


Chechenistonda davlat xizmatchilari masofaviy faoliyat olib borishiga imkon beruvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Qonun loyihasi davlat xizmatiga Chechenistondan tashqarida, shuningdek, chekka aholi punktlarida yashovchi yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi”, — deya izoh bergan respublika iqtisodiy-hududiy rivojlanish va savdo vaziri Ibrohim Idrisov.

Vazirga ko‘ra, davlat xizmatchilarining bir qismini masofaviy ishga o‘tkazish ularning faoliyatini ta’minlash, transport va boshqa xarajatlarni kamaytiradi. Bu esa Chechenistonda davlat xizmati jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют