» » “Biz ijodkorlikdagi byurokratiya va taqiqlar mavzusiga qo‘l urdik”. Lola litsenziya beruvchi komissiya faoliyatini ko‘rsatuvchi klipiga izoh berdi

“Biz ijodkorlikdagi byurokratiya va taqiqlar mavzusiga qo‘l urdik”. Lola litsenziya beruvchi komissiya faoliyatini ko‘rsatuvchi klipiga izoh berdi


Xonanda Lola “Sevgingni menga ayt” deb nomlangan taronasiga ishlangan ikkinchi klipini taqdim etib, keng muhokamalar markaziga tushib qoldi. Shu sabab Lola o‘zining ushbu klipi borasida Instagram’dagi sahifasi orqali izoh berdi.

So‘nggi video chiqqanidan so‘ng ayrim yangilik saytlari uning mohiyatini va mazmunini o‘zgartirib, o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga qaror qilishdi. Hatto meni va jamoamni siyosiy xarakterda izoh berishimga majburlamoqchi bo‘lishdi. Shuni aytmoqchimanki, men bu mavzuda intervyu bermayman va siyosatga hech qanday aloqam yo‘q.

Men ijodkorman. San’at bilan shug‘ullanaman, san’at esa — hayotning ko‘zgusi. O‘z ijodimda turli mavzularga murojaat qilaman: ijtimoiy, hayotiy, ba’zida maishiy va bularning barchasini chin ko‘ngildan qilishga intilaman. Biz odamlar bemalol nafas olib, bundan besh yil oldin hatto o‘ylashga ham qo‘rqadigan fikrlarimizni ochiq ayta oladigan o‘zgarishlar davrida yashayapmiz.

Bu safar biz hazil aralash shaklda satirik videoni yaratib, ijodkorlikdagi byurokratiya va taqiqlar mavzusiga qo‘l urdik. Men ijodkor odamman va bu kabi provakatsiyalar vaqtida yagona beradigan izohim — men O‘zbekiston fuqarosiman, o‘z Vatanimni sevaman, unda yashayotgan odamlarni yaxshi ko‘raman va nimaiki qilmay, uning kelajagiga bo‘lgan muhabbatim sabab!

Lola Yo‘ldosheva, xonanda

Avvalroq Xotin-qizlar qo‘mitasi Elmira Bositxonova xonanda Lola Yo‘ldoshevaning internetda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan “Sevgingni menga ayt” qo‘shig‘i klipi haqida “Atlasni masxaraboz kiyimi qilgani, ma’naviyat so‘zini o‘yinchoq qilib qo‘ygani – bu yigirma beshinchi kadr”, deya munosabat bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют