» » Andijonda gazdan noqonuniy foydalanib, 3,5 mlrd so‘m zarar keltirgan korxona xodimlari qamaldi

Andijonda gazdan noqonuniy foydalanib, 3,5 mlrd so‘m zarar keltirgan korxona xodimlari qamaldi


Andijon viloyatining Baliqchi tumanida g‘isht ishlab chiqarish korxonasi gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, davlatga 3 milliard 460 million 429 ming so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

MIB Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan 2018-yil 20-oktabr kuni o‘tkazilgan tekshirishda fuqaro M.J va X.S. oldindan til biriktirib, tuman aholisi uchun ajratilgan gaz tarmog‘iga gaz hisoblagich uskunasidan tashqari yashirin tarzda yer ostidan o‘zboshimchalik bilan ulanib, g‘isht ishlab chiqarish korxonasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan holda ohak mahsuloti ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlangan.

Oqibatda ta’minotchi korxona manfaatlariga 184 million 615 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Mavzuga doir: MIB Chirchiqda qurilish korxonasining 4 mlrd so‘mdan ortiq soliq qarzdorligini undirdi

2019-yil 17-aprel kuni M.J. va X.S. bundan jinoyatni takroran sodir etgani aniqlangan. Korxona “Baliqchi gaz taqsimlash shoxobchasi”dan aholi uchun tortilgan yuqori bosimli gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, ohak mahsulotlari ishlab chiqargan. Oqibatda yetkazilgan zarar miqdori 3 milliard 460 million 429 ming so‘mni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan M.J. va X.S. Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi 4-qismi (Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish orqali juda ko‘p miqdorda zarar yetkazish) bilan aybdor deb topilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudi tomonidan ularga nisbatan 2 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Shuningdek, sud hukmi bilan jinoyat oqibatida yetkazilgan 3 milliard 645 million 44 ming so‘m moddiy zarar M.J. va X.S.dan “O‘ztransgaz” AJ Andijon viloyat bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filialiga undirib berilishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют