» » Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Uchrashuvda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston TIV rahbarlari Abdulaziz Komilov, Muxtar Tleuberdi, Chingiz Aydarberkov, Sirojiddin Muhriddin va Rashid Meredov mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini va oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilgan.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, hozirgi paytda davlat rahbarlarining siyosiy irodasi sabab Markaziy Osiyoda butunlay yangi do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro ishonch muhiti shakllangan.

Vazirlar savdo aylanmasining yuqori sur’atlarda o‘sganini, transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarning faollashganini, mintaqa mamlakatlarini bog‘laydigan yangi yer usti va havo yo‘nalishlari ochilganini qayd etgan.

Shuningdek, 29-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvining kun tartibi ko‘rib chiqilgan. Kun tartibiga savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik, transport infratuzilmasi, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalari kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Vazirlar sammitning yakuniy hujjati loyihasi va boshqa rejalashtirilayotgan qarorlarni ham muhokama qilgan.

Avvalroq Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturining 18-konferensiyasi bo‘lib o‘tgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют