» » Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi


Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari – Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i etib podpolkovnik Oybek Qulbekov tayinlandi. U Ichki ishlar vazirining 16-noyabrdagi buyrug‘i bilan shu ishga o‘tkazilgan.

Oybek Qulbekov bunga qadar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan polkovnik Baxtiyor Berdialiyev Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Baxtiyor Berdialiyev shu kunga qadar IIV huzuridagi Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют