» » Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, 181 kishidan 6,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan bandlik agentligi rahbari qidiruvga berildi

Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, 181 kishidan 6,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan bandlik agentligi rahbari qidiruvga berildi


Janubiy Koreyaga 6 oy muddatda ishga yuborishini aytib, milliardlab so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgan xususiy bandlik agentligi rahbari qidiruvga berildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Avvlaroq Profelite IMP xususiy bandlik agentligi Koreyada ishlash niyatidagi yuzlab o‘zbekistonliklarni aldagani haqida xabar berilgan edi. Xabarda aldangan fuqarolarning ayrimlari o‘zini o‘ldirish va oilasidan ajrashish darajasiga yetgani, agentlik rahbariga nisbatan jinoiy ish ochilgani ta’kidlangan edi.

Tergov departamenti taqdim etgan axborotga ko‘ra, Profelite IMP xususiy bandlik agentligi rahbari Ibrohimjon Jonuzoqovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” (ancha miqdorda firibgarlik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, Ibrohim Jonuzoqov 2017-yil yanvar oyidan 2019-yil avgust oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Global Works Resources va Profelite IMP xususiy bandlik agentliklarini tashkil qilgan. Ushbu bandlik agentliklari tegishli litsenziyani olmay turib, 181 kishini olti oyda Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan jami 6,5 milliard so‘m pul olgan. Lekin bergan va’dasini bajarmay, pulni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Ibrohim Jonuzoqovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3–qismi “b” (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan firibgarlik) bilan sirtdan ayblov e’lon qilingan va sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qidiruvga berilgan.

Ish bo‘yicha Profelite IMP xususiy bandlik agentligi moliya xo‘jalik faoliyati yuzasidan hujjatli taftish tayinlangan. Jonuzoqovning ko‘char va ko‘chmas mulk obyektlariga hamda Profelite IMP’ning Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi fondida mavjud pul mablag‘lariga band solingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Ibrohim Jonuzoqovning yaqin qarindoshlari tomonidan moddiy zararni qisman qoplash choralari ko‘rilgan. Bugungi kunda Jonuzoqov tomonidan yetkazilgan moddiy zararni tergov yo‘li bilan to‘liq qoplash choralari ta’minlanmoqda.

“Agar siz fotosuratda ko‘rsatib o‘tilgan shaxsning qayerda ekanligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, shuningdek, ushbu shaxsning harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, IIV huzuridagi Tergov departamentining (71) 231-32-17, (71) 231-35-202, (71) 233-65-34 telefon raqamlari yoki 102 maxsus raqamiga xabar berishingiz so‘raladi”, — deyiladi IIV huzuridagi Tergov departamenti e’lonida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют