» » “Real” Pogbani qo‘lga kiritish uchun bir futbolchisidan voz kechishga tayyor

“Real” Pogbani qo‘lga kiritish uchun bir futbolchisidan voz kechishga tayyor


Madridning “Real” klubi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbani qo‘lga kiritishga yana bir bor urinib ko‘rmoqchi.

Madridliklar “Manchester Yunayted” Pogba transferi uchun katta miqdorda pul so‘rashini bilgan holda muzokaralarga yarim himoyachisi Iskoni qo‘shmoqchi, deya xabar bermoqda El Desmarque.

Avvalroq “Real” Iskoni qishki transfer oynasidayoq sotib yuborishga tayyor ekani xabar qilingandi. “Qaymoqranglilar” 27 yoshli futbolchini 70 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Real” ortda qolgan yozda Pogbani sotib olishga urindi, biroq tomonlar transfer narxida kelisha olmagan edi. O‘sha vaqtda “Manchester Yunayted” fransiyalik futbolchi transferi uchun 150 million yevro so‘ragandi.

Ushbu masum Isko “Real” safida yettita o‘yin o‘tkazdi va birorta samarali harakatni amalga oshirmadi. Pogba esa oltita o‘yinda ikkita golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2019, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют